O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev juma kuni uchta shaharda mamlakatning birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalini o‘rnatish hamda Samarqandda yodgorlik majmuasini qurish bo‘yicha loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida xabar qilindi. «Xalqimiz va xalqaro hamjamiyat Islom Karimov nomini Jorj Vashington, Sharl de Goll, Mustafo Kamol Otaturk singari davlat va siyosat arboblari qatoriga qo‘yadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu birinchi Prezident erishgan muvaffaqiyatlarning tan olinishidir.O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga qadar Samarqanddagi Islom Karimov dafn etilgan joyda yodgorlik majmuasi bunyod etiladi.«Axborot» dasturida namoyish qilingan chizmalardan ko‘rish mumkinki, haykal yaqinida O‘zbekistonning diqqatga sazovor maskanlari, jumladan Samarqanddagi Registon maydoni, Shahrisabzdagi Amir Temur maydoni, Toshkentdagi «O‘zbekiston» Forumlar saroyi va boshqa ob’ektlar maketlari bog‘i tashkil etiladi. Yana bir haykal Islom Karimov 1986—1989 yillar davomida Qashqadaryo viloyati rahbari sifatida ishlagan Qarshi shahrida bunyod etiladi.